ФАРИШТАЛАРНИНГ ЯРАТИЛИШ ВА ВАЗИФАЛАРИ | FARISHTALARNING YARATILISHI VA VAZIFALARI | #abdullohdomla
Allohning farishtalariga imon keltirish iymonning asosiy shartlaridan biridir. Farishtalarga iymon keltirar ekanmiz, nimalarni bilishimiz lozim. Imom Nasafiy oʻzining “al-aqoid an-Nasafiy” kitobida farishtalar haqida shunday deydi: والملائكة عباد الله تعالى، عاملون بأمره، لا يوصفون بذكورة ولا أنوثة Farishtalar Alloh taoloning qullari boʻlib, faqat Allohning buyruqlarini bajaradilar, erkaklik va ayollik sifati bilan sifatlanmaydilar. Farishtalar toat va maʼsiyat qilishda ixtiyorli emaslar, negaki ular faqat Alloh taologa doimo itoatda boʻladigan qilib yaratilganlar. Ulardan hech qachon gunoh sodir boʻlmaydi. Alloh taolo bu borada shunday deydi: { لَا یَعۡصُونَ ٱللَّهَ مَاۤ أَمَرَهُمۡ وَیَفۡعَلُونَ مَا یُؤۡمَرُونَ } Ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar. (Tahrim surasi, 6-oyat)