2 октября 2025 г.
"Mening hayotimni oʻzgartirgan ustoz" yoxud navoiylik o‘qituvchi Go‘zal Islomovaning dil so‘zlari. “Har bir inson hayotida unga yo‘l ko‘rsatuvchi, qalbiga ilhom baxsh etuvchi bir ustoz bo‘ladi. Mening hayotimda bu inson — o‘zim faoliyat yuritib kelayotgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yulduz Xo‘jaqulovadir. Ustozim menga nafaqat bilim berdi, balki hayotga teran nigoh bilan qarashni, orzu va maqsad sari intilishni, amaliyotda o‘z yo‘limni topishni o‘rgatdi.” 🎓 Ustoz — bu faqat dars beruvchi emas, balki yurakdan yurakka o‘tadigan mehr va ilhom manbaidir. Bugun Go‘zal Islomova ham o‘z ustozidan olgan saboqlarni yosh avlodga yetkazayotgan, qalbidan nur ulashayotgan fidoyi pedagogga aylangan. #OqituvchiHayoti #MotivatsiyaUz #UstozlarKuni #UstozdanIlhom #UstozShogird #HayotDarsi #UzbekTeacher