AVTOSARGUZAShTLAR 7 - 18 qismlar | Автосаргузаштлар | 7....18 - қисмлар
Astir animatsion studioning video contentlarini tomosha qiling! “AVTOSARGUZAShTLAR” 3D animasion filmi 18 qismdan iborat. Filmda barchamizga tanish o‘zbek avtomobillari multqahramonga aylangan. Voqealar markazida kichkintoy Matiz turadi. Matiz, uning ota-onasi va akasi ishtirokida sodir bo‘lgan voqealar qiziqarli, dinamikasi kuchli: harakatlar tezligi, plastikasi xorijning uch o‘lchamli animasion asarlaridan qolishmaydi. “Yo‘l bering”, “Poyga”, “Orzu”, “Vatan”, “Kim zo‘r” va boshqa qismlarda bolalarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni o‘rgatish bir vaqtda, ularni to‘g‘rilikka, yaxshilikka, birlikka, ona Vatanni sevishga undaydi. Shuningdek, shahrimizning bugungi zamonaviy ko‘rinishlari, chiroyli bino va inshootlar, muzeylar, mehmonxonalar, yo‘llar... qisqasi, poytaxtning diqqatga sazovor joylari 3D ko‘rinishida aks etgan. Bor-yo‘g‘i uch-to‘rt daqiqalik jajji syujetlarda ham yumor, ham milliy an’analar, didaktik elementlar, bolalarga motivatsiya berish, yaxshilik va yomonlik kabi jihatlar qamrab olingan. Ushbu animasion filmda zamonaviy personajlar, yangi mavzularning ko‘tarilishi milliy multiplikatsiyamiz uchun quvonarli hol. Shuning uchun ham “Avtosarguzashtlar” animasion filmi O‘zbekiston Kinoarboblari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Oltin Humo” kinotaqdimotida “Eng yaxshi animasion film” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. 📲 Bizni kuzating: Instagram: / astir_animation Sayt: https://astir.uz/
Telegram: https://t.me/astiranimation
#astiranimation #avtosarguzashtlar #multfilmlar