Хоразмда ўзбекка айланган япон келини хонадонида бўлдик. Хитойлик ва Япониялик келинлар:
Kanalni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. 5469 4000 5267 8153 karta egasi NEG ABDURAHKMNOV Sberbank 4854 7002 8848 5265 VISA MURODJON KENJEBAEV 8600 1404 0231 0776 UZ CARD. KENJEBAYEV MURODJON Hamkorlik va qiziqarli loyihalar bo'yicha savollar uchun: Xalq_92@mail.ru pochtasi Instagram Xalq_92 Yaponiyadan O‘zbekistonga kelin bo‘lib tushgan Mikako haqida eshitganmisiz ? Xorazmlik o‘zbek o‘g‘loni va yapon qizi o‘rtasidagi qiziqarli muhabbat tarixi Sharq ko‘zgusi kanalida ekslyuziv ko‘rsatuv: Xitoylik va Yaponiyalik kelinlar: Kumush va Mikako uchrashishdi. Avvalgi dasturimizda biz Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani G‘ozovot qishlog‘iga kelib o‘zbek yigiti Nurbek va yapon qizi Mikakolarning xonadonida mehmon bo‘lganimiz haqida so‘z yuritgan edik. Jarayonda ushbu qishloqdagi mozor va bozorni ko‘zdan kechirdik. Ushbu videoni kanalimizda ko‘rishingiz mumkin. Xonadonga qaytib kirar ekanmiz biz mahalliy taomlarni pishirayotgan Mikakodan yaponcha ovqatlar ham tayyorlab turishi borasida so‘radik va quyidagicha javob oldik. Jajjilar bir-birlari bilan yaxshi chiqishib ketishdi. Aytgancha Nurbek va Mikako uylarida sayyohlar uchun mexmonxona tashkil qilishgan ekan. Biz ushbu mo‘jazgina xonani ko‘zdan kechirdik. Xonaning nomi cho‘girma deydi hamrohim. O‘zbek xovlisini albatta bog‘siz tasavvur qilish qiyin. Ushbu xonadon ham kichik bog‘ga ega ekan. Mikako Xitoyga, Kumush esa Yaponiyaga bormagan. Ular bir-birlarining vatanlarini o‘zgacha tasavvur qilishlarini aytib o‘tishdi. Ovqat pishguniga qadar Nurbek bilan xonadondagi bog‘ni ko‘zdan kechirdik. Shu o‘rinda Nurbek menga qishloqda o‘ziga xos ulkan va tarixiy tut daraxti borligini bildirdi. Tarixiy daraxt sari ketayotganimizda yo‘limizdan mushuk chiqdi. Qizig‘i bu jonivorni Yaponiyalik inson qoldirib ketgan ekan. Tarixiy tut daraxti mevalaridan tatib ko‘rdik. Tut daraxti o‘sgan xonadon ta’mirlash jarayonida unga shikast yetkazmay qurilish ishlarini amalga oshirgan ekan. Ya’ni daraxt uyning ichidan o‘sgan. Qizig‘i bu shunchaki daraxtning bir qismi emas balki, meva beruvchi tut sanaladi. Uyning tomida uning asosiy qismi joylashgan ekan. Xonadonda esa yapon kelini Xorazmcha baliq pishirmoqda. Mikako uchun Pazandachilik nafaqat taom tayyorlash jarayoni, balki ta'm, xushbo‘ylik va massalig‘larni birlashtirishni o‘z ichiga olgan haqiqiy san'at kabi ekan. Nihoyat yeguliklar pishdi. Dasturxon ustida maroqli suhbat qurdik. Va'da qilingan baliq ham keldi. Suhbat yakunida tanishganimiz va do‘stligimiz munosabati bilan sharbat ichdik. Xorazmga keldingizmi albatta Xivani ko‘rmay ketib bo‘lmaydi. Biz mashinalarga o‘tirib XIva sari otlandik Yo‘lda avval tashrif buyurgan somsaxonaga kirib o‘tdik. Oshpaz aka qo‘yar qo‘ymas somsasidan yedirmay jo‘natmadi. hamrohlarim bilan nihoyat Ichan-Qal’aga yetib keldik. Qayd etish kerak, ushbu qal’a Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy obyekt hisoblanadi. Ichan qal’aga 4 darvoza Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza Ota darvozadan kirilgan. Xorazm xalq me’morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal’ada. Undagi me’moriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli. Ichan qal’a qurilishida Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan qo‘llanib kelgan uslub - inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish uslubidan foydalanishgan ekan Sayr davomida o‘ziga xos faktni bilib oldik. Nurbek va Mikakoga sayyohlik xizmatini ko‘rsatishda dastlab mahalliy hokimlik vakillari maslahat berishgan ekan. Ichan qal’a me’moriy yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Biz bu yerdagi Islomxo‘ja minorasi sari yaqinlashdik. Xiva shahri Xorazm viloyatining madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Har yili minglab turistlarni qabul qiluvchi bu shahar O‘zbekistondagi eng yirik sayyohlik obyektlaridan biridir. Xiva O‘zbekistonning boshqa bir qator tarixiy shaharlari kabi mamlakatning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettiradi. Biz buyerdan esdalik uchun oshxona buyumini xarid qildik. Shahardagi asosiy yodgorliklar O‘zbek xonliklar davriga to‘g‘ri kelib, Temuriylar davri obidalari ham mavjud. Qadimiy Xiva UNESKO‘ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.